Online Couching

Men 5 yildan ortiq vaqt davomida faqat natural usulda shug‘ullanib kelaman va xalqaro musobaqalar sovrindoriman. Shu yo‘lda o‘zim 12 kg mushak massasini o‘stirdim. Offline va online tizimda ko‘plab insonlarga yordam berdim.

Online couching nima?

Bu — online hamkorlik. Men sizning ovqatlanish, mashg‘ulot va natijalaringizni to‘liq nazorat qilaman.
Hammasi faqat siz uchun moslab tuziladi — shablonsiz, taxminsiz, faqat ilmiy asoslangan strategiyalar.

Bu oddiy “dastur yozib berish” emas!

- Bu shaxsiylashtirilgan tizim — hamma uchun bitta tayyor reja emas.- Reja Sizning maqsadlaringiz, imkoniyatlaringiz va turmush tarzingizga moslashtiriladi.- Natija uchun doimiy nazorat va tahlil mavjud.

Shartlar

Shartlar sizni cheklash uchun emas, balki natijani kafolatlash uchun qo‘yilgan.

Bu tartib sizni intizomli qiladi va maqsadingizga tezroq yetkazadi.


Kundalik nazorat

Siz Google Sheets’da talab qilingan xisobotlarni yozib borasiz. Men har kuni tekshiraman va kerak bo‘lsa tuzatishlar kiritaman.

Haftalik nazorat

Har hafta siz:
– Foto-hisobot yuborasiz 📸
– Mashqlar texnikasi videosini jo‘natasiz 🎥
– Haftalik jadvalni to‘ldirasiz 📊
Men barchasini tahlil qilib, keyingi bosqichga yo‘naltirib boraman.

Jarayon qanday o‘tadi

Qanday qilib hamkorlik boshlanadi, dastur qanday tuziladi, kundalik va haftalik nazorat qanday bo‘ladi va qanday yordam doimiy ravishda ko‘rsatiladi?

Yo'l xaritasi


Diagnostika

Siz anketani to‘ldirasiz. Men sizning maqsadlaringiz, vazn, sog‘liq va tayyorgarlik darajangizni tahlil qilaman.

Dastur

Siz uchun mos ovqatlanish va mashg‘ulot rejasi tuziladi. Bunda sizning grafik va mavjud jihozlaringiz hisobga olinadi.

Nazorat

Siz kundalik ma’lumotlarni kiritasiz. Men uni tekshirib, joiz bo'lsa rejaga tuzatishlar kiritib boraman.

Tahlil

Siz, haftaning xar yakshanba kunida - malumotlarni jo'natasiz. Men tahlil qilib, zarur ko'rsatmalarni beraman.

24/7

Zarur savollar bo'lsa telegramm orqali berishingiz mumkin. Men savollarga imkon qadar vaqt va vaziyatdan kelib chiqqan holda javob berib boraman.

Kimlar uchun mos?

Siz bir necha marta mashg‘ulotlarni boshlagansiz, lekin natija ko‘rinmaydi yoki juda sekin. Online nazorat sizni chalkashliklardan chiqaradi va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi.

Mustaqil shug‘ullanib natija ololmaganlar uchun


Siz “o‘zim mashq qilaman!” deyishingiz mumkin, lekin nazoratsiz odam tezda sustlashib qoladi. Bu tizim sizni doimiy tartibda ushlab turadi.

Aniq reja va qat’iy nazorat xohlovchilar uchun


Maqsad — vazn yo‘qotish, mushak massasi qo‘shish yoki shunchaki o‘zini yaxshi his qilish bo‘lsin, reja siz uchun shaxsiylashtiriladi.

Ortiqcha vazndan qutilmoqchi yoki mushak o‘stirmoqchi bo‘lganlar uchun


Sizga 100 ta maqola o‘qish yoki optimal yo'lni topish uchun vaqt sarflashga hojati yo‘q. Siz tayyor reja olasiz va faqat bajarishga e’tibor qaratasiz.

Vaqtini qadrlaydiganlar uchun

Narx: 200 $/oy

Narx — bu xarajat emas, bu sizning sog‘lig‘ingiz va natijangizga qilingan sarmoya.

- Siz shunchaki “tayyor dastur” emas, balki shaxsiy murabbiy bilan hamkorlik qilasiz.- Siz uchun individual ovqatlanish va mashg‘ulot rejasi tuziladi.- Kundalik va haftalik nazorat: foto-hisobot, texnika videolari, jadval tahlili.- 24/7 qo‘llab-quvvatlash: Telegram orqali istalgan savolga javob.- Dasturning doimiy yangilanishi — progressga qarab tuzatib boriladi.

Bu yo‘l oson emas.

Bu yerda faqat bitta shart bor: siz harakat qilasiz — men yoningizda bo‘laman.Mening vazifam — sizga eng yaxshi bilim, reja va nazoratni berish.Sizning vazifangiz — o‘zingiz uchun mehnat qilish.

Siz o‘z ustingizda ishlashga tayyor bo‘lsangiz — men sizni yolg‘iz qoldirmayman.